Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp: «IShID Klintonni mukofotlashi kerak»
AQSh prezidentligiga Respublikachilar partiyasidan nomzod Donald Tramp o‘z raqibi demokrat Hillari Klintonni yana bir bor IShIDni tashkil qilishda aybladi. Trampning ta'kidlashicha, AQSh prezidenti Barak Obama Klintonni davlat kotibi etib tayinlaganidan "afsuslanishi" kerak. Hillari Klinton ushbu lavozimda 2009-2013 yillar faoliyat yuritgan.
«Klinton olib borgan siyosat IShIDni yuzaga keltirgan», - deya Trampning so‘zlaridan iqtibos keltirgan TASS agentligi.
Milliarderning aytishicha, sobiq davlat kotibining Yaqin Sharqda olib borgan siyosati u yerda turli guruhlarning vujudga kelishiga sabab bo‘lgan.
«Hillari Klinton IShID tomonidan mukofotlanmog‘i darkor», - deya qo‘shimcha qilgan milliarder.
Mavzuga oid
14:12 / 18.01.2026
Tramp e’lon qilgan ilk linkor $22 mlrd turishi mumkin
17:59 / 29.12.2025
Turkiyada 3 nafar politsiya xodimi IShIDga qarshi operatsiya chog‘ida halok bo‘ldi
12:30 / 26.12.2025
AQSh Nigeriyada IShID obektlariga zarba berdi
00:00 / 15.12.2025