07:24 / 05.08.2016
6158

AQShning Konnektikut shtatida kuchli portlash yuz berdi

Foto:foxnews

AQShning Konnektikut shtatidagi Vernon shahrida turar joy binosidagi kuchli portlash oqibatida 7 kishi jabrlandi, ular orasida bir bola ham bor, deb mahalliy politsiyaga iqtibos keltirgan holda xabar bermoqda Fox News.

Voqea joyiga yetib kelgan qutqaruvchilar ma'lumotlariga ko‘ra, portlash vaqtida jabrlanganlardan 3 kishi ko‘chada bo‘lgan, yana 4 kishi vayronalar ostidan topilgan. Ularning barchasi, jumladan 10 yoshli bola tibbiyot muassasalariga yetkazilganlar.   

Ayni vaqtda voqea joyida shifokorlar, o‘t o‘chiruvchilar va politsiya ish olib bormoqda. Jabrlanganlar qidirilmoqda. Hozircha portlash sababli o‘rnatilmagan.

Top