12:38 / 07.08.2016
8440

Yaponiyaga kuchli to‘fon yaqinlashmoqda

Foto: AP

"Omais" deb nomlangan kuchli to‘fon Yaponiyaning janubi-g‘arbiy qismiga yaqinlashmoqda. U o‘zi bilan kuchli shamol va jala olib keladi.

Yaponiya bosh meteorologiya agentligi bergan ma'lumotiga ko‘ra, siklon markazidagi shamol tezligi soniyasiga 30 metrni tashkil etadi. Keyinchalik u soniyasiga 45 metrga kuchayishi mumkin.

To‘fon ayni damda shimoli-g‘arb yo‘nalishi bo‘ylab soatiga 20 km tezlik bilan harakatlanmoqda. Meteorologiya agentligining ta'kidlashicha, to‘fon 9 avgust kuni Yaponiyaning Xonsyu oroliga yetib keladi. So‘ngra Xokkaydo oroli sari harakatlanadi.

Mutaxassislar mahalliy aholini baland to‘lqinlar sabab dengizga yaqin bormaslikka va kuchli jala tufayli ko‘chkilar bo‘lishi haqida ogohlantirgan.

Top