09:22 / 09.08.2016
8487

Filippin prezidenti mamlakatdagi AQSh elchisini haqorat qildi

Foto: bbc.com

Filippin prezidenti Rodrigo Duterte mamlakatdagi Amerika elchisi Filipp Goldbergni haqorat qildi. O‘z navbatida, AQSh hukumati rasmiy Maniladan bu ishga tushuntirish so‘ramoqda. Bu haqda Qo‘shma Shtatlar davlat departamenti rasmiy vakili Elizabet Tryudo ma'lum qilgan.

OAV ma'lumotiga ko‘ra, Duterte o‘z mamlakati ishlariga aralashishga uringan Goldbergni haqorat qilgan.

Tryudoning aytishicha, “rasmiy Vashington Goldberg tomoniga aytilgan so‘zlarni nomaqbul deya topgan”.

Top