Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya va Turkiya "Turk oqimi" gaz quvuri va "Akkuyu" AESi qurilishini tiklashga kelishib oldi
Arxiv surat / Livejournal
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an bilan birga bergan matbuot-anjumanida Anqara "Turk oqimi" gaz quvuri va "Akkuyu" AESi qurilishi loyihalarini tiklash bo‘yicha ijobiy qaror qabul qilganini aytdi.
"Biz energetika sohasida yirik qo‘shma loyihalarni muhokama qildik. Ular ustidagi ishlarning davom ettirilishi aniq siyosiy qarorlarni ham talab qiladi. Biz avval bir qator yirik loyihalar bo‘yicha gapirgan muayyan qarorlar turk tomonidan qabul qilindi, misol uchun, "Akkuyu" AESi va "Turk oqimi" gaz quvuri qurilishi bo‘yicha", deb aytdi Putin.
O‘z navbatida Erdo‘g‘an Turkiya "Akkuyu" AESi loyihasiga strategik investitsiya maqomining berilishini aytdi.
"Biz "Akkuyu" loyihasiga strategik investitsiya maqomini berishga tayyormiz, bu masala bo‘yicha kelishib oldik", deb aytdi Erdo‘g‘an.
Mavzuga oid
07:50 / 23.01.2026
Putin Kremlda Trampning vakillari bilan uchrashdi
22:39 / 21.01.2026
Agar Putin va Zelenskiy tinchlik shartnomasini tuzmasa, ular ahmoq bo‘ladi – Tramp
13:48 / 20.01.2026
Chexiya bosh vaziri: YeI Putin bilan muzokara olib borishi kerak edi
20:27 / 19.01.2026