21:07 / 10.08.2016
5553

Peruda avtobuslarning to‘qnashishi oqibatida 17 kishi halok bo‘ldi

Foto: © RIA

Peruning janubida ikki avtobusning to‘qnashishi oqibatida kamida 17 kishi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda mahalliy politsiyaga iqtibos keltirgan holda Frans Press axborot agentligi. 

Yana 29 kishi jarohatlangan.

"Ikki avtobus peshonama-peshona to‘qnashib ketgan. Tergov olib borilmoqda. Ayni vaqtda 17 kishi halok bo‘lgan, 29 kishi yaralangan", deb ma'lum qildi yo‘l politsiyasi rahbari Leandro Flores.

Top