07:56 / 10.08.2016
7785

Rossiya prezidenti va Buyuk Britaniya bosh vaziri telefon orqali suhbatlashishdi

Foto: point.md

9 avgustda Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey telefon orqali suhbatlashishdi.

Suhbat davomida tomonlar Rossiya-Britaniya munosabatlarining dolzarb masalalarini muhokama qilishdi. Kreml saytida ta'kidlanishicha, siyosatchilar "o‘zaro hamkorlikning joriy ko‘rsatkichlaridan qoniqmaganlik bildirishdi va bir qator yo‘nalishlar bo‘yicha birgalikdagi ishni faollashtirishga qaror qilishdi". 

Ikki davlat yetakchisi shuningdek aviatsion xavfsizlikni ta'minlash muammolari bilan shug‘ullanuvchi maxsus xizmatlar yo‘nalishi bo‘yicha suhbatni yo‘lga qo‘yishga kelishib olishdi.

Bundan tashqari, Mey Birlashgan Qirollikning Arxangelskga birinchi britan Shimoliy konvoyi kelishining 75 yilligi tantanalarida ishtirok etishini tasdiqladi. Putin va Mey shuningdek o‘zaro uchrashishga ham kelishib olishdi.

Ta'kidlab o‘tish joiz, ushbu suhbat Putin va Buyuk Britaniya yangi bosh vazirining ilk suhbati bo‘ldi.

Top