Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
WikiLeaks: Klintonning yangi PR-strategiyasi Rossiyani ayblashga qaratilgan
Foto: RIA Novosti
Hillari Klintonning yangi saylovoldi PR-dasturi, uning korrupsiyaga aloqadorligiga oid yangi dalillar paydo bo‘lib qolsa, Rossiyani ayblashga qaratilgan, deb xabar qilmoqda turli davlatlarga oid maxfiy sirlarni fosh etish bilan shug‘ullanuvchi WikiLeaks sayti.
"Klinton shtabi yangi PR-strategiyani ishlab chiqdi. Unga ko‘ra, korrupsiyada har qanday ayblov Rossiya zimmasiga yuklanadi", — deyiladi WikiLeaks saytining Twitter tarmog‘idagi sahifasida.
Avvalroq, WikiLeaks AQSh Demokratik partiyasining elektron maktublarini oshkor qilgandi. Hujjatlarga ko‘ra, demokratlarning Markaziy rahbariyati, praymeriz chog‘ida Berni Sandersga nisbatan Klintonning tarafdori sifatida faoliyat ko‘rsatgan. Shundan so‘ng, Demokratik partiya Milliy qo‘mitasi rahbari vazifasidan iste'fo bergandi.
Bunga javoban Klinton xonim shtabi partiya serverlarini buzishda Moskvani ayblab, respublikachi nomzod Donald Trampga yordam bermoqchi bo‘lganini da'vo qildi. Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov esa, bu kabi iddaolarni bema'ni deb baholadi.
Mavzuga oid
17:50
O‘zbekiston Rossiyadagi reydlarda o‘z fuqarolarining huquqlari ta’minlanishini so‘radi
13:09
BBC: Interpol Moskvaga xorijdagi rossiyaliklar haqidagi ma’lumotlarni uzatgan
12:35
Rossiyada parvozlarni ro‘yxatdan o‘tkazish va bron qilish tizimida nosozlik yuz berdi
11:50