18:21 / 11.08.2016
4634

Yaxshi ta'lim muvaffaqiyatli kelajak garovidir

Amaliyotning ko‘rsatishicha, hozir ta'lim va yaxshi bilim olishning vaqtidir. Bir tomondan bu davr talabidir, chunki har yili aqlli bolalarning soni oshmoqda va oliy o‘quv yurtlariga kirish qiyin bo‘lmoqda. Boshqa tomondan, yaxshi bilim va ko‘nikmalar pul ishlashga yordam beradi va bu muhim omillardan biridir.

Yuqoridagilarni hisobga olib, universitet kirish imtihonlariga tayyorlanish uchun o‘quv yurtini tanlashga diqqat bilan ahamiyat berish kerak, sababi yaxshi ta'lim muvaffaqiyatli kelajak garovidir.

Ta'lim bozorida raqobat katta va abituriyentlar istalgan kurslarga yozilishlari va o‘qishlari mumkin. Ammo yoshlar va ularning ota-onalari kurs tanlash jarayonida ta'lim bozorini jiddiy o‘rganishlari lozim. O‘quv kursini tanlashda uning narxi, ta'lim sifati, o‘qituvchilar malakasi va boshqa omillarni hisobga olishlari kerak.

Narxlar, albatta, kurs tanlashda eng muhim omillardan biridir. Bozorda kurslar ko‘p. Ba'zi o‘quv markazlari arzon, ammo sifati pastroq ta'lim taklif etadilar, boshqa markazlar qimmatroq, lekin ularda ta'lim sifati yuqoriroq. O‘quv kursini tanlashda narx va sifat mutanosibligini hisobga olish kerak.

Top