21:40 / 11.08.2016
4518

Qozog‘iston prezidenti kuzning oxirlarida Janubiy Koreyaga safar uyushtirmoqchi

Foto: trend.az

Noyabr oyida Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyevning Janubiy Koreyaga safari rejalashtirilmoqda. Safar chog‘ida ikki davlat yetakchisi savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qilishadi, deb xabar bermoqda Qozog‘iston investitsiyalar va rivojlanish vazirligi matbuot xizmatiga iqtibos keltirgan holda nur.kz portali.  

2016 yil 10 avgustda Qozog‘iston investitsiyalar va rivojlanish vaziri Jyenis Qosimbekning Janubiy Koreyaning Qozog‘istondagi elchisi Cho Yengchon bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu uchrashuv Nazarboyevning Janubiy Koreyaga safariga tayyorlanish doirasida tashkil etildi. Uchrashuv chog‘ida ikki davlat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va investitsion hamkorlikning kengaytirilishini chuqurlashtirish masalalari muhokama qilindi.

Uqrashuvda ta'kidlanishicha, ayni vaqtda Qozog‘iston Janubiy Koreya bilan mashinasozlik, energetika, sog‘liqni saqlash, tiklanuvchi energiya manbalari sohalarida faol hamkorlik qilmoqda.

Top