15:57 / 11.08.2016
4673

Misr aeroportiga so‘nggi 10 oyda birinchi sayyohlar samolyoti kelib qo‘ndi

Foto: RIA Novosti

Misr arab respublikasining Sharm-ash-Shayx kurort shahri aeroportiga so‘nggi 10 oy ichidagi ilk sayyohlar guruhi yetib keldi. Bortida polshalik sayyohlar bo‘lgan samolyot aeroportga muvaffaqiyatli qo‘ngan, deb xabar qilmoqda "Bavabat Nyuz" yangiliklar portali.

Ma'lumki, Polsha hukumati, Qizil dengiz sohilidagi Sharm-ash-Shayx dam olish maskaniga sayyohlarni yuborishni taqiqlagan edi. Bunga, o‘tgan yilning oktabr oyida Sinay yarimorolida Rossiyaning A321 samolyoti halokatga uchragani sabab bo‘lgandi. 

Nashrning aniqlik kiritishicha, charter reysi Sharm-ash-Shayxga 180dan ortiq polyak sayyohlarini olib kelgan. Aeroportda ularni guldastalar, Misr davlat bayroqlari hamda milliy raqslar bilan kutib olishgan. Hukumat vakillari, polshalik sayyohlarning tashrifi Sharm-ash-Shayxda xavfsizlik ta'minlanganini namoyish etishiga, shu bilan yevropalik sayyohlarning bu yerga kelishiga turtki bo‘lishiga ishonch bildirgan.

 

 

Top