18:12 / 11.08.2016
33617

O‘zbekiston hududida 1800 dan ziyod foydali qazilma manbai ochildi

O‘zbekiston foydali qazilmalar Davlat balansi ma'lumotlariga ko‘ra, mamlakat hududida 1895 ta foydali qazilmalar manbai ochilgan. Shuni alohida ta'kidlash lozimki, foydali qazilmalarning umumiy hisob bo‘yicha 35 foizi mustaqillik yillarida ochilgan. Bu haqda "Pravda Vostoka" gazetasi xabar bermoqda.

Nashrda keltirilgan maqolaga ko‘ra, ochilgan 1895 ta foydali qazilmadan  235 tasi  uglevodorodli, 151 tasi metalli, yettitasi ko‘mirli, 55 tasi tog‘-kon, 34 tasi tog‘-kimyo va 30 tasi  yarim qimmatbaho ashyoli, 764 tasi  turli yo‘nalishdagi qurilish materialli va 619 tasi yer osti mineral suvlidir.
 
Shuni ta'kidlash lozimki, O‘zbekiston oltin zaxirasi bo‘yicha jahonda 10-o‘rinda, qazib olish bo‘yicha esa 11-o‘rinda boradi. Oltin qazib olish hududlariga quyidagilar kiradi: Qizilqumdagi foydali qazilmalar (Muruntog‘, Metenboy, Chuqurquduq, Ajibugut, Omontog‘, Ko‘kpatas, va boshqalar), Samarqanddagi (Chormiton, Sarmich, Biron, Marjonbuloq) va Toshkent viloyatida (Kuchbuloq, Qayrag‘och, Qizilolmasoy, Kavladi, Pirmirob, Kuzaksoy va boshqalar).

Top