07:46 / 12.08.2016
6253

Iroqda IShID yetakchilaridan biri yo‘q qilindi

Foto: 1news.az

Iroqda IShIDning Iroq va Suriyadagi neft operatsiyalariga javob beruvchi jangarisi Sami Jassim al-Jaburiy eronlik kurdlar va AQSh maxsus kuchlari otryadlari bilan birgalikda yo‘q qilindi. Bu haqda Kurdiston xavfsizlik kengashida ma'lum qilindi.

Ma'lum qilinishicha, "Xoji Hamad" laqabi bilan ma'lum bo‘lgan jangari o‘z yordamchilari bilan birga Suriya chegarasi yaqinidagi Al-Qaym shahri atrofida otib o‘ldirilgan.   

"Missiya Iroq hukumati tomonidan ma'qullangan va Iroq qurolli kuchlari bilan birga o‘tkazilgan", deb ma'lum qildi Pentagon vakili Adrian Ankin-Gallouey.

Top