15:58 / 12.08.2016
6976

Suriya armiyasi Halab janubi-g‘arbida hujumga o‘tdi

Suriya hukumati qo‘shinlari aviatsiya yordamida Halab janubi-g‘arbida jangarilarga qarshi keng ko‘lamli hujum boshladi. Bu haqda RIA Novosti agentligining voqea joyidagi muxbiri xabar bergan.

Suriya Harbiy havo kuchlari samolyotlari terrorchilarning Ramuse kvartalidagi harbiy bilim yurti binolariga hamda sement zavodiga zarba bergan.

Hujum boshlangan vaqtda jangarilar hujum nuqtasidan qochishga tushgan, aviatsiya ularni yo‘q qilgan.

Ayni vaqtda artilleriya harbiy bilim yurti hududida janglar davom etmoqda.

Top