01:34 / 12.08.2016
8531

"Tolibon" tomonidan asirga olingan rossiyalik uchuvchi ozod etildi

Pokistonning Geo News kanalining ma'lum qilishicha, Afg‘onistonda asirga tushib qolgan Mi-17 vertolyoti ekipaji a'zolari ozod etildilar va Pokistonga yuborildilar.

"Bizning ma'lumotlarga ko‘ra, bugun tarkibida 5 pokistonlik va bir rossiyalik bo‘lgan vertolyot ekipaji ozod etildi", deb ma'lum qildi telekanal.

Avvalroq Peshovordan chiqqan Pokistonga qarashli Mi-17 vertolyoti Afg‘onistonning sharqidagi Logar viloyatida texnik nosozlik tufayli qo‘nishga majbur bo‘lgani ma'lum qilingandi. Vertolyot O‘zbekistonga ta'mirdan o‘tish ketayotgan bo‘lgan.   

Rossiya tashqi ishlar vazirligi rossiyalik uchuvchining hayotiga hech narsa xavf solmayotganini ma'lum qildi. Aynan Rossiya tashqi ishlar vazirligining sa'y-harakatlari bilan asirlarni ozod etishga muvaffaq bo‘lingan.

Top