09:30 / 13.08.2016
3862

AQSh Kongressi demokratlarining shaxsiy ma'lumotlari oshkor etildi

AQSh Demokratik partiyasi milliy qo‘mitasi ma'lumotlar bazasini buzib kirganini tan olgan Giccifer 2.0 xakeri, Demokratik partiyaning AQSh Kongressi Vakillar palatasidagi a'zolariga oid shaxsiy ma'lumotlarni internet tarmog‘iga joylashtirdi, deb xabar qilmoqda The Washington Examiner.

Qayd etilishicha, xaker Vakillar palatasidagi barcha demokratlarning shaxsiy telefon raqamlari va elektron manzillarini joylashtirgan. Bundan tashqari, ularning katta yordamchilariga tegishli ma'lumotlar ham oshkor etilgan. 

Shu bilan birga, e'lon qilingan ro‘yxat orasida qonun ishlab chiqaruvchilarning tashviqot ishlariga cheklanmagan miqdorda mablag‘ to‘plash vazifasini bajaruvchi qo‘mitalari a'zolarining shaxsiy ma'lumotlari ham bor.

Top