13:16 / 13.08.2016
5211

Toliblar tomonidan garovga olinganlar ozod etildi

© AFP

Afg‘onistonda toliblar tomonidan garovga olingan Mi-17 vertolyoti ekipaji a'zolari, xususan rossiyalik ham ozod etilib, Islomobodga keltirilgan. Bu haqda, Pokiston TIV ma'lum qildi. Garovdagilar qanday ozod etilgani xususida boshqa tafsilotlarga oydinlik kiritilmagan. 

Avvalroq, OAVda Afg‘onistonning Logar viloyatida Pokistonga tegishli Mi-17 vertolyoti avariyali qo‘nishni amalga oshirgani haqida xabarlar paydo bo‘ldi. U ta'mirlash uchun O‘zbekiston orqali Rossiyaga yetib borishi kerak bo‘lgan. Vertolyot bortida bo‘lgan 6 nafar ekipaj a'zosi "Tolibon" jangarilari tomonidan garovga olingan edi.

Top