19:36 / 15.08.2016
14948

Shoygu: Rossiya NATOning Suriyaga zarbalarini qaytardi

Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoyguning bayonot berishicha, Rossiya rahbariyatining siyosati tufayli NATOning Suriya bo‘ylab 624ta qanotli raketalar bilan berilajak ehtimoliy zarbalari chippakka chiqqan, deb xabar qilmoqda «Vesti.Ru».

«Suriyaga nisbatan munosabat o‘zgara boshladi. O‘zingizga savol berib ko‘ring: agar prezident Putin Suriya rahbariyatini o‘z ixtiyoridagi kimyoviy qurolni topshirish va yo‘q qilish g‘oyasiga ishontira olmaganida nima bo‘lar edi? Bu u yerda birgina qanotli raketalardan, xotiram pand bermasa,  624tasi Suriyaga ommaviy zarba berishga shay turganini anglatadi», — degan Shoygu. 

Avvalroq, Sergey Shoygu Rossiya va AQSh Halabdagi jangarilarga qarshi kurashda hamkorlik qilishga yaqin turganini bildirgan edi.

Top