Ford va Baidu haydovchisiz avtomobillarga sarmoya kiritadi

Amerikaning Ford avtomobilsozlik kompaniyasi 2021 yilga borib muqobil transport vositalarini ishlab chiqarish bo‘yicha rejasini e'lon qildi. Yangi harakatlanish vositalari, kompaniyaga ko‘ra, tom ma'noda muqobil bo‘ladi. Uning na ruli, na tormoz va yoki gaz pedali bo‘ladi.
Biroq, xulosa qilishga shoshilmang. Chunki, dastlab Ford muqobil mashinalari harakatlanadigan hudud keskin chegaralanadi. Kompaniya vitse-prezidenti Ken Vashingtonning so‘zlariga ko‘ra, ushbu mashinalarning haakati uchun hududni tanlashda, uning geografik joylashuvi hamda iqlimi e'tiborga olinadi.
Birinchi navbatda Ford kompaniyasining muqobil mashinalari Shimoliy Amerika ko‘chalarida paydo bo‘ladi. Biroq, kompaniya bu bilan chegaralanib qolish niyatida emas. Hozircha, muqobil mashinalarning qanday ko‘rinishda bo‘lishi ham ma'lum emas. Vashingtonning so‘zlariga ko‘ra, ular Ford Fusion negizida ishlab chiqarilishi mumkin.
Avtomobilsozlik kompaniyasi 2021-yilda belgilangan rejani to‘liq amalga oshirish maqsadida haydovchisiz boshqariladigan startaplarga sarmoya kiritishni rejalashtirmoqda. 17-avgust kuni ma'lum bo‘lishicha, Amerika kompaniyasi Xitoyning yirik internet qidiruv xizmati Baidu bilan hamkorlikda Amerikaning Velodyne LiDAR Inc kompaniyasiga 150 mln dollar miqdorida sarmoya kiritadi. Bu kompaniya yuqori aniqlikdagi sensorlar va radarlarni ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi.
Lidar texnologiyasi harakatlanayotgan avtomobil atrofidagi vaziyatni baholash, xususan to‘siqlarni aniqlash uchun lazerdan foydalanishni ko‘zda tutadi.
Tavsiya etamiz
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
Hozirda sirtqi ta’limda o‘qiyotganlar o‘qishini qay tartibda davom ettiradi?
O‘zbekiston | 11:14 / 17.06.2025
Qo‘rquv, shok va sarosima: Eronda nimalar bo‘lmoqda?
Jahon | 19:57 / 16.06.2025
Urush boshlandi, Netanyahu eronliklarni isyonga chorladi – hafta dayjesti
Jahon | 20:41 / 15.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Argentinada rossiyalik josuslar tarmog‘i fosh qilindi
Jahon | 02:44
-
Eron Trampning so‘zlaridan keyin AQShga norozilik notasi yubordi
Jahon | 01:25
-
Eron Isroilga qarata yangi turdagi ballistik raketani uchirdi
Jahon | 00:36
-
Rossiya Finlandiya chegarasi yaqinida qo‘shinlarini ko‘paytirmoqda – OAV
Jahon | 23:56 / 18.06.2025
Mavzuga oid

18:33 / 09.05.2025
Xitoyda hayvonlar ovozini inson tiliga o‘giruvchi dastur bo‘yicha ish boshlandi

21:36 / 20.11.2024
Ford kompaniyasi Germaniyada salkam 3 mingta ish o‘rnini qisqartiradi

21:35 / 18.11.2024
Ford xavfsizlik kamarlaridagi muammo sabab 112 mingdan ziyod avtomobilini chaqirib oladi

22:45 / 28.02.2023