10:11 / 17.08.2016
7659

Politsiya “Myunxen mergani”ga qurol sotgan jinoyatchini qo‘lga oldi

Germaniya politsiyasi 22 iyul kuni Myunxendagi Olimpiya savdo markazida otishma sodir etgan jinoyatchiga qurol sotgan kimsani qo‘lga oldi. Bu haqda Deutsche Welle xabar bermoqda.

Frankfurt-Mayn bosh prokuraturasi vakillari va Myunxen surishtiruv organining ma'lum qilishicha, 31 yoshli nemis Gessen federal yerining Marburg shahrida qo‘lga olingan.

Tergovchilar u bilan internet orqali gaplashishgan va qurol savdosi bo‘yicha kelishuvga erishishgan. Shundan so‘ng u qurol sotayotgan vaqt qo‘lga olingan.
Jinoyatchining aytishicha, u 18 yashar Ali (“Myunxen mergani” – tahr) bilan Marburg shahrida ikki marta ko‘rishgan. May oyida bo‘lgan birinchi uchrashuvda unga qurol sotgan. Myunxendagi qirg‘indan to‘rt kun o‘tib, ular yana bir bor ko‘rishishgan.

Tergovchilar merganni internetda “darnet” deb nomlangan himoyalangan tarmoq orqali qurol sotib olganini aniqlashgan.

Eslatib o‘tamiz: 22 iyul kechda kelib chiqishi eronlik bo‘lgan David Ali Sonboli Myunxendagi Olimpiya savdo markazida otishma sodir etadi. U 9 nafar odamni o‘ldiradi, so‘ngra o‘zini boshidan otib tashlaydi. Qirg‘inda 27 kishi yaralanadi.

Tergov organlari Alini ruhiy kasal ekanligini aytishgan.

Top