09:36 / 18.08.2016
7787

60 dan ziyod terrorchi Pokiston hududidan Hindistonga o‘tib ketdi

Pokiston nazorati ostidagi hududdan 60 dan ziyod terrorchi Hindiston hududiga o‘tib ketdi. Bu haqda Times of India xabar bermoqda.

"Aksari jangarilar "Xizb-ul-Mujohiddin"separatistik guruh a'zolaridir. Ular Jammu va Kashmir shtatidagi beqarorlik sabab Hindistonga o‘tib kelishgan", deb Hindiston maxsus xizmati ma'lumotiga asoslanib, xabar bermoqda gazeta. 

Jangarilarning maqsadi – Jammu va Kashmirdagi vaziyatni izdan chiqarish. Bundan tashqari, jangarilar o‘z saflariga qo‘shish uchun yoshlarni yollashmoqda. Jangarilar Baramulla okrugidagi qurolli qo‘shinga taalluqli avtokalonnani o‘qqa tutishgan. Oqibatda uch nafar harbiy xizmatchi halok bo‘lgan, bir qanchasi jarohat olgan. "Xizb-ul-Mujohiddin" ushbu harakatni o‘z zimmasiga olgan, armiya esa terrorchilarni qidirish bo‘yicha keng ko‘lamli operatsiya boshlab yuborgan.

Top