Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Yaponiya bosh vaziri Kubaga ilk rasmiy safarini rejalashtirmoqda
Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe shu yilning sentabr oyida Kubaga safar qilishi mumkin, deb xabar qilmoqda Kyodo agentligi mamlakat hukumatidagi manbasiga asoslangan holda.
Agar ushbu tashrif amalga oshsa, Abe Yaponiyaning Kubaga kelgan birinchi bosh vaziri bo‘ladi. Ehtimol, Abe shu yilning sentabr oyida BMT Bosh assambleyasi yig‘ilishiga borar ekan, bu imkoniyatdan foydalanishi mumkin.
Yaponiya va Kuba hukumatlari o‘rtasidagi muzokaralarda ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlash yo‘llari va yapon kompaniyalarining Ozodlik orolidagi sarmoyaviy faoliyatini kengaytirish masalalari muhokama etiladi.
Eslatib o‘tamiz, 2015-yil mayida Kubaga tashrif buyurgan Fumio Kisida Yaponiyaning ushbu davlatga kelgan ilk tashqi ishlar vaziri bo‘lgan edi.
Mavzuga oid
21:10 / 21.01.2026
BMT «global suv bankrotligi» davri boshlanganini e’lon qildi
22:38 / 20.01.2026
Isroil BMT Falastin qochqinlariga yordam agentligi qarorgohini buzib tashladi
15:27 / 14.01.2026
BMT: 2025 yil Ukrainada tinch aholi uchun eng qonli yil bo‘ldi
23:29 / 08.01.2026