Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kamboja xorijliklar uchun uch yillik viza kiritmoqda
Kamboja sentabrdan xorijlik fuqarolar uchun yangi viza turi – uch yillik ko‘p martalik viza kiritmoqda, deb xabar berdi Kambojaning Khmer Times internet-portali.
Yangi viza bo‘yicha xorijliklar Kambojada uch yilgacha chiqmasdan bo‘lishlari yoki shu muddat ichida ko‘p marotalab kirib-chiqib yurishlari mumkin bo‘ladi, deb Kamboja tashqi ishlar vazirligiga iqtibos keltirgan holda xabar bermoqda nashr.
"Yangi viza bo‘yicha sayyohlar va sarmoyachilar Kamboja hududida uch yilgacha bo‘lishlari yoki bu mamlakatga shu muddat ichida erkin kirib-chiqib yurishlari mumkin bo‘ladi", deb aytilmoqda qirollik tashqi ishlar vaziri bergan bayonotda.
Kamboja hukumati 2020 yilgacha mamlakatga 7,5 mln xorijlik sayyoh va ishbilarmonlarni jalb qilmoqchi. Maqbul viza tartibi xorijliklarni jalb qilishi mumkin bo‘lgan omillardan biridir.
Butun dunyo davlatlari fuqarolari Kambojaning uch yillik vizalarini 1 sentabrdan mamlakatning xorijdagi elchixonalari yoki mamlakat aeroportlarida kelganlaridan keyin olishlari mumkin bo‘ladi.
Mavzuga oid
20:27 / 14.01.2026
AQSh 75 mamlakat fuqarolari uchun viza berishni to‘xtatadi
18:09 / 07.01.2026
Qirg‘iziston va Tojikiston fuqarolari ham AQSh vizasi uchun 15 ming dollargacha garov to‘laydi
12:44 / 07.01.2026
O‘zbekiston fuqarolari uchun vizasiz kirish davlatlari soni oshiriladi
13:16 / 06.01.2026