09:23 / 19.08.2016
23845

Rio-2016 kundaligi, 18 avgust. Kunning barcha medallari

Rio-2016 olimpiadasida navbatdagi musobaqalar kuni yakunlandi. Ayni damga kelib medallar hisobi bo‘yicha norasmiy ro‘yxatda 100ta medal bilan (35-33-32) AQSh yetakchilik qilmoqda. Amerikaliklar shu kuni 5ta oltin, 1ta kumush va 1ta bronza qo‘lga kiritirishdi.

Ikkinchi o‘rindagi Buyuk Britaniya termasi hisobidagi jami medallar soni 56taga yetgan, britanlar bu kunda 3ta oltin, 2ta kumush va 1ta bronza olishdi (22-21-13). Xitoy esa 58ta medal to‘plab, uchinchi o‘rinda bormoqda (20-16-22).

18 avgust kuni Olimpiadada 25ta medallar shodasi o‘ynaldi. Olimpiadaning 13-kunida o‘zbekistonlik bokschi Murodjon Ahmadaliyev yarim final jangida yengilib, bronza medal bilan kifoyalangan bo‘lsa, 75 kg vazn toifasida Bektemir Meliqo‘ziyev meksikalik raqibini mag‘lub etib finalga yo‘l oldi.

O‘zbekiston delegatsiyasi ayni vaqtda 2ta oltin, 1ta kumush va 5ta bronza medal bilan 29-o‘rinda joylashgan.

Ayni vaqtda medal olgan delegatsiyalar soni 81tani tashkil qilmoqda.

Rio-2016
Rio-de-Janeyro, Braziliya
18 avgust

Badminton, ayollar, juftlik razryad
1. Misaki Matsutomo – Ayaka Takaxashi (Yaponiya) 
2. Kristina Pedersen – Kamilla Ritter-Yul (Daniya) 
3. Ken In Chon – Son Chxan Sin (Janubiy Koreya)

Baydarka va kanoeda eshkak eshish
1000 m, erkaklar, baydarka-juftlik

1. Maks Rendshmidt – Markus Gross (Germaniya)
2. Marko Tomichevich – Milenko Zorich (Serbiya)
3. Ken Uolles – Laklan Teym (Avstraliya)

200 m, erkaklar, kanoe-yakkalik
1. Yuriy Cheban (Ukraina)
2. Valentin Demyanenko (Ozarbayjon)
3. Isakiya Kueyro Dos Santos (Braziliya)

200 m, erkaklar, baydarka-juftlik
1. Saul Kraviotto – Kristian Toro (Ispaniya)
2. Layam Xit – Jon Skofild (Buyuk Britaniya)
3. Aurimas Lankas – Edvinas Ramanauskas (Litva)

500 m, ayollar, baydarka-yakkalik
1. Danuta Kozak (Vengriya)
2. Emma Yorgensen (Daniya) 
3. Liza Kerrington (Avstraliya)

Badminton, erkaklar, juftlik razryad
3. Markus Ellis – Kris Lengrij (Buyuk Britaniya)

Triatlon, erkaklar, individual birinchilik
1. Alister Braunli (Buyuk Britaniya)
2. Jonatan Braunli (Buyuk Britaniya)
3. Genri Shoman (JAR)

Chim ustida xokkey, erkaklar
1. Argentina
2. Belgiya
3. Germaniya

Yengil atletika, 400 m masofaga to‘siqlar osha yugurish, erkaklar
1. Kerron Klement (AQSh)
2. Bonifatsiy Tumuti (Keniya)
3. Yasmani Kopelo (Turkiya)

Parusli sport, ayollar, 470 toifasi
1. Xanna Mills – Saskiya Klark (Buyuk Britaniya)
2. Jo Ale – Oliviya Pouri (Yangi Zelandiya)
3. Kamil Lekuantre – Elen Defrans (Fransiya)

Parusli sport, erkaklar, 470 toifasi
1. Shime Fantela – Igor Marenich (Xorvatiya)
2. Metyu Belcher – Uill Rayan (Avstraliya)
3. Panagiotis Mantis – Pavlos Kagialis (Gretsiya)

Parusli sport, erkaklar, 49-toifa
1. Piter Berling – Bleyr Tyuk (Yangi Zelandiya)
2. Natan Outteridj – Yayn Jyensen (Avstraliya)
3. Erik Xeyl – Tomas Plessel (Germaniya)

Boks, ayollar, -51 kg, 1/2 final
3. Tsantsan Jen (Kitay)
3. Ingrit Lorena Valensiya Viktoriya (Kolumbiya)

Parusli sport, ayollar, 49-chi FX toifasi
1. Martin Grael – Kaxena Kuntse (Braziliya)
2. Aleks Meloni – Molli Mich (Yangi Zelandiya)
3. Yyena Xansen – Katya Salskov-Iversen (Daniya)

Boks, erkaklar, -56 kg, 1/2 final
3. Vladimir Nikitin (Rossiya)
3. Murodjon Ahmadaliyev (O‘zbekiston)

Boks, erkaklar, -75 kg, 1/2 final
3. Kamron Shohsuvorli (Ozarbayjon)
3. Misael Rodriges (Meksika)

Boks, erkaklar, -81 kg
1. Xulio la Krus (Kuba)
2. Odilbek Niyozimbetov (Qozog‘iston)

Suvga sakrash, ayollar, 10 m
1. Jen Tsyan (Xitoy) 
2. Sy Yatsze (Xitoy)
3. Megan Benfeit (Kanada)

Sport kurashi, ayollar, -53 kg
1. Xelen Marulis (AQSh)
2. Saori Yosida (Yaponiya)
3. Nataliya Sinishin (Ozarbayjon)
3. Sofiya Matsson (Shvetsiya)

Sport kurashi, ayollar, -63 kg
1. Risako Kavai (Yaponiya) 
2. Mariya Mamoshuk (Belarus)
3. Monika Mixalik (Polsha) 
3. Yekaterina Larionova (Qozog‘iston)

Sport kurashi, ayollar, -75 kg
1. Erika Elizabet Vibe (Kanada)
2. Guzel Manyurova (Qozog‘iston)
3. Chjan Fenlyu (Xitoy) 
3. Yekaterina Bukina (Rossiya)

Txekvondo, ayollar, -57 kg
1. Jyeyd Jons (Buyuk Britaniya)
2. Eva Kalvo Gomes (Ispaniya)
3. Kimiya Alizade-Zenurin (Eron)
3. Xedayya Vaxba (Misr)

Txekvondo, ayollar, -68 kg
1. Axmad Abugxaush (Iordaniya)
2. Aleksey Denisenko (Rossiya)
3. Xoel Gonsales Bonilya (Ispaniya)
3. Li De Xon (Janubiy Koreya)

 

 

 

Top