10:28 / 22.08.2016
5445

Beeline “Uchinchi avlod-2016” dasturining yakunlarini sarhisob qilmoqda

Aloqa operatori Beeline “Uchinchi avlod” dasturining sakkizinchi mavsum yakunlarini sarhisob qilmoqda. 18 avgust kuni Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti, Halqaro Vestminster universiteti, Toshkentdagi Cingapur menejmentni rivojlantirish universiteti va Toshkent Davlat yuridik universiteti va Lomonosov nomidagi Moskva Davlat Universitetining III va IV kurs talabalari malaka oshirish to‘g‘risidagi yakuniy taqdimotlari bilan chiqdilar.

Voqeani sharhlar ekan, Unitel‘ning hodimlar bilan ishlash va jamoani rivojlantirish bo‘yicha direktori Sofiya Gaynutdinova shunday dedi: “O‘zlarining yakuniy taqdimotlarida talabalar erishilgan yutuqlari haqida hikoya qilib, Beeline bilan hamkorlikdan olgan qator ijobiy taassurotlari bilan o‘rtoqlashdilar. Ularning har biri o‘zi ta'lim olgan jamoasi va ustozi uning kasb mahorati oshishiga hissa qo‘shganini yuqori baholadi. Ishonaman, “Uchinchi Avlod” amaliyotchilar uchun kareraning yaxshi boshlanishi bo‘ladi, ular Beeline‘da o‘z faoliyatlarini davom ettirishlariga umid qilaman”.

Eslatib o‘tamiz, “Uchinchi avlod” dasturi yaxshi akademik o‘zlashtrishga ega bo‘lgan oliy o‘quv yurtlarining bitiruvchilariga va yuqori kurs talabalariga mo‘ljallangan. Amaliyot o‘tash jarayonida har bir amaliyotchi uchun individual rivojlantirish rejasi tuzilib, shaxsiy rahbar tayinlangan. Bundan tashqari, talabalar tanlab olingan profil bo‘yicha qator noyob professional treninglarni o‘tab, kunlik jarayonlarda to‘liq ishtirok etdilar.

Mavzuga oid
Top