Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya chegara hududlarida IShIDga qarshi zarba bermoqchi
Turkiya o‘z chegaralari yaqinidagi hududlarni IShID jangarilaridan butunlay tozalamoqchi. Bu ma'lumot 21 avgust kuni ushbu jangari tashkilot tomonidan mamlakat janubidagi to‘y marosimi vaqtida 54 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan yirik sodir etilishi fonida paydo bo‘ldi.
"IShIDni o‘z chegaralarimizdan surib tashlashimiz kerak. Biz bu xavfdan qutilish uchun nima qilish kerak bo‘lsa, shu ishni amalga oshirishimiz kerak", degan Turkiya TIV rahbari Mavlud Chovusho‘g‘li matbuot anjumani vaqtida.
Turkiya tomonidan qo‘llab-quvvatlanuvchi Suriyadagi muxolif guruhlaridan birining yetakchisi Turkiya va Suriya chegarasi yaqinidagi IShID qo‘lida bo‘lgan Jyerbalus shahriga hujum boshlanishi haqida aytgan.
Suriya hukumatiga dushman bo‘lgan "Suriya ozodlik armiyasi" Turkiya hududidan turib hujumga o‘tishi kutilmoqda.
Bashar Asad armiyasi esa hududda Rossiya aviatsiyasi, Eronning quruqlikdagi qo‘shinlari hamda Livandagi "Hezbulloh" tashkiloti qo‘shinlari ko‘magida harakatlanmoqda.
Suriyada 5 yildan buyon davom etayotgan fuqarolik urushi 4 milliondan ortiq kishining "yostig‘ini quritgan". Bu vaziyat tufayli Yevropa Ikkinchi jahon urushidan beri ilk marta qochqinlarning ulkan oqimi bilan to‘qnashdi.
Mavzuga oid
17:59 / 29.12.2025
Turkiyada 3 nafar politsiya xodimi IShIDga qarshi operatsiya chog‘ida halok bo‘ldi
12:30 / 26.12.2025
AQSh Nigeriyada IShID obektlariga zarba berdi
00:00 / 15.12.2025
Suriyada IShIDga qarshi operatsiya boshlandi
11:39 / 01.12.2025