Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya Suriya masalasida Rossiya va Eronning qo‘llab-quvvatlashiga umid qilmoqda
Anqara Suriyadagi ixtilofni tartibga solishda Moskva va Tehronning qo‘llab-quvvatlashiga umid qilmoqda. Bu haqda Turkiya bosh vaziri Binali Yildirim AQSh vitse-prezidenti Jozef Bayden bilan birgalikda bergan matbuot-anjumanida aytib o‘tdi.
"Biz Rossiya va Eron qo‘magida Suriyadagi ixtilofni hal qilmoqchimiz. Bizda ikki vazifa bor: Suriyaning hududiy birligini saqlab qolish va Suriya shimolida, Turkiya janubida kurd tuzilmasining paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik. Turkiya hech qachon bunga chidab turolmaydi", deb aytdi Yildirim.
24 avgustda turk armiyasi koalitsiya samolyotlari yordamida Suriyaning Jarablus shahrini IShID jangarilaridan xalos qilish bo‘yicha harbiy operatsiyani boshladi.
Suriya hukumati mamlakat chegarasini kesib o‘tgan turk kuchlarini qoralagan. Suriya tashqi ishlar vazirligida Suriya chegarasida terrorchilikka qarshi kurash mamlakat hukumati bilan kelishilgan holda olib borilishi kerakligi ta'kidlangan.
"Suriya Turkiya tanklari va bronetexnikasining chegaradan Jarablus shahri tomon o‘tganini qoralaydi va buni suverenitetning qo‘pol buzilishi deb hisoblaydi", deyildi Suriya tashqi ishlar vazirligida.
Mavzuga oid
14:49 / 24.01.2026
Rossiyada urush qatnashchilarini dafn etish uchun rekord mablag‘ ajratildi
13:18 / 24.01.2026
Germaniya: Moskva murosaga tayyor bo‘lmasa, natija bo‘lmaydi
13:05 / 24.01.2026
2025 yilda Rossiyadan O‘zbekistonga gaz yetkazib berish 30 foizga oshdi
12:52 / 24.01.2026