16:13 / 25.08.2016
7093

Itini prezident sharafiga nomlagan nigeriyalik hibsga olindi

Itini mamlakat prezidenti Muhammad Buxoriy sharafiga nomlagan fuqaro jamoatchilik tartibini buzgan hisoblanib, hibsga olindi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Nigeriyaning Ogun shtatida yashovchi va ismi oshkor qilinmayotgan erkak o‘z iti nomini Buxoriy deb atadi. U itning yon tomoniga uning nomini yozib qo‘ydi va mamlakatning Islom diniga e'tiqod qiluvchi shimoliy qismida uni sayrga olib chiqdi.

Shimolliklar esa bundan norozi bo‘lishdi va politsiyaga arz etishdi. Erkakni hibsga olishdi va sud eshituvi boshlangunga qadar garov evaziga qo‘yib yuborishdi.

Mavzuga oid
Top