22:17 / 26.08.2016
23277

Braziliyalik Olimpiya chempioni antiqa mukofot oldi

Rio Olimpiadasida erkaklar o‘rtasida langarcho‘p bilan balandlikka sakrash musobaqalarida oltin medalni qo‘lga kiritgan braziliyalik Tiago da Silva o‘zining sobiq klubidan mukofot sifatida 1 kilogramm oltin oldi.

"Bu mukofot men uchun juda muhimdir, men faoliyatim davomida menga yordam berganlarga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Men oltin medalni menga bebaho qo‘llab-quvvatlov ko‘rsatgan muxlislar uchun yutdim", deb aytgan da Silva. 

22 yoshli da Silva langarcho‘p bilan balandlikka sakrash bo‘yicha Braziliyaga birinchi oltin medalni keltirdi. U 6,03 metrga sakrab, shaxsiy va Olimpiada rekordini yangiladi.

 

Top