19:25 / 26.08.2016
8610

Putin Erdo‘g‘an bilan telefon orqali suhbatlashdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Turkiya davlat rahbari Rajab Toyyib Erdo‘g‘an bilan telefon orqali suhbat o‘tkazdi, deb xabar qilmoqda RIA «Novosti».

Muloqot Turkiya tashabbusi bilan o‘tkazilgan. 

«Davlat rahbarlari Suriyadagi vaziyat bo‘yicha batafsil fikr almashishgan. Shu bilan birga, terrorizmga qarshi kurash borasida hamkorlik qilish muhimligini ta'kidlashgan», — deyiladi xabarda. 

Avvalroq, Vladimir Putin 31-avgustda Turkiyaga tashrif buyurishi xabar qilingan edi. 


 

Top