08:32 / 27.08.2016
6546

Kerri: AQSh kurdlarning mustaqilligini qo‘llab-quvvatlamaydi


AQSh Suriyaning yaxlit bo‘lib qolishi tarafdori va kurdlarning mustaqilligini qo‘llab-quvvatlamaydi, deb aytdi AQSh Davlat kotibi Jon Kerri.

"Biz yaxlit Suriya tarafdorimiz. Biz kurdlarning mustaqilligini qo‘llab-quvvatlamaymiz. Ba'zi kurd elementlari bilan ish juda cheklangan asosda olib borildi", deb aytdi Kerri Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan Jyenevadagi muzokaralari yakunlariga ko‘ra jurnalistlarga.

Sergey Lavrov o‘z navbatida kurdlar Suriya davlatining bir qismi bo‘lib qolishlari kerakligini aytdi.

"Biz amerikalik hamkasblarimiz bilan Suriyadagi barcha tomonlar ishtirok etishi kerak bo‘lgan siyosiy jarayonni tezlik bilan boshlash zarurligiga kelishib oldik. Kurdlar bu jarayonda to‘laqonli taqdim qilinishlari kerak, ular Suriya davlati va muammolar yechimining bir qismi bo‘lib qolishlari lozim", deb aytdi Lavrov.

 

Top