Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Turkiya HHK Jarablus yaqinida Suriya muxolifatiga zarba berdi
Turkiya artilleriyasi va harbiy havo kuchlari samolyotlari Suriya shimolidagi Tell-Amarna aholi punktiga zarbalar berdi, deb xabar qilmoqda Firat axborot agentligi. Ma'lumotlarga ko‘ra, ushbu aholi yashash punktini "Jarablus harbiy kengashi" qurollangan guruhi jangchilari mudofaa qiladi. Ayni chog‘da, ushbu guruh, "Suriya demokratik kuchlari" muxolifat koalitsiyasi tarkibiga kiradi.
Firat agentligining guruh komandiriga asoslangan holda xabar qilishicha, 27-avgust ertalabdan beri davom etayotgan artilleriya va havo hujumlari oqibatida tinch aholi vakillari orasida qurbonar bor.
Hürriyet nashrining yozishicha, ayni chog‘da, rasmiy Anqara tomonidan Suriya shimoli-sharqida olib borilayotgan "Frot qalqoni" nomli jangovar amaliyotda Turkiya armiyasi maxsus bo‘linmasining 400 nafar harbiy xizmatchisi va 50ta zirxli texnika qatnashmoqda.
Mavzuga oid
19:30 / 21.01.2026
Suriyada kurdlar muxtoriyati tugatildi
15:22 / 19.01.2026
Germaniyada Suriya rahbari ash-Shar’aning tashrifiga qarshi aksiyalar o‘tkaziladi
10:40 / 19.01.2026
Suriya hukumati va kurdlar o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuv imzoladi
17:30 / 18.01.2026