Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hongkong yaqinida ikki kema to‘qnashib ketdi
Hongkong yaqinida tezyurar yo‘lovchi paromi bilan baliq ovlovchi kema to‘qnashib ketdi. Voqea oqibatida bir ayol yo‘lovchi jarohat oldi. Bu haqda South China Morning Post nashri ma'lum qildi.
Ta'kidlanishicha, parom bortida 289 yo‘lovchi va ekipajning 10 a'zosi bo‘lgan. Parom Makaodan Hongkongga ketayotgan bo‘lgan.
Parom va 15 metrlik baliq ovlovchi kemaning to‘qnashishiga kuchli yomg‘ir va shamol sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin, ob-havo sharoitlari tufayli yon-atrof yaxshi ko‘rinmagan.
Parom mutaxassislar tomonidan shikastlarga tekshirilgandan keyin o‘z yo‘lini davom ettirib, Hongkongga yetib olgan.
Mavzuga oid
12:53 / 01.12.2025
Hongkongdagi yong‘in qurbonlari 140 nafardan oshdi. Xitoy namoyishlar boshlanishidan xavotirda
17:47 / 28.11.2025
«Hongkongdagi yong‘in qurbonlari orasida O‘zbekiston fuqarolari qayd etilmadi» - TIV
08:40 / 28.11.2025
Hongkongdagi turar joy majmuasida yong‘in: kamida 94 kishi halok bo‘ldi
17:28 / 27.11.2025