Sport | 18:01 / 29.08.2016
11868
1 daqiqa o‘qiladi

Amerikalik o‘smir Messi, Ronaldu va Ronaldino ham "ura olmagan" uslubda gol urdi

Amerikadagi maktab jamoalaridan biri bo‘lmish «Kolumbayn» jamoasi futbolchisi Dilan Prichett-Ettner internet yulduziga aylandi. Unga «Tander Ridj» maktabi jamoasiga qarshi o‘yinda uzun pas uzatildi, Dilan va to‘p yo‘liga darvozabon chiqdi hamda Dilan darvozabon ustidan salto qilib o‘tishiga to‘g‘ri keldi. Lekin darvozabon to‘pni ham o‘tkazib yuboradi va saltoni muvaffaqiyatli bajargan hujumchi unga ega chiqib, bo‘sh qolgan darvozaga to‘pni joylagan.

Lekin futbol tarixidagi eng chiroyli gollardan biri bo‘lishi mumkin bo‘lgan bu gol hisobga olinmagan, hakam ofsayd holatini qayd etgan.