09:31 / 31.08.2016
4749

Boeing 747 samolyoti konstruktori hayotdan ko‘z yumdi

Dunyoga mashhur Boeing 747 havo laynerini  «ishlab chiqqani» bilan yaxshi ma'lum Jo Satter 95 yoshida hayot bilan vidolashdi, deb xabar qilmoqda Reuters.

Satter o‘tgan asrning 60-yillari o‘rtalarida «Jambo Jyet»ni ishlab chiqish jamoasida yetakchi muhandis bo‘lgan edi. Bundan tashqari, u «707» va «737» modellarini ishlab chiqishda ham faol qatnashgan.

Boeing 747 muhandisi va uning jamoasi dunyodagi eng yirik samolyotni, uning konsepsiyasi ishlab chiqilganidan 29 oy ichida barpo etganlari uchun «Mohirlar» laqabini olgandi. 

Jo Satter 1986-yilda iste'foga chiqib, 30 yil davomida Boeing kompaniyasining maslahatchisi bo‘lib faoliyat ko‘rsatdi. 

Top