12:27 / 31.08.2016
13349

Manba: KXDRda yana bir qatl amalga oshirildi

Shimoliy Koreyada sobiq qishloq xo‘jalik vazirligi Xvan Min va ta'lim vazirligida yuqori lavozimda faoliyat ko‘rsatgan Ri Yon Chjin ortidan ta'lim vaziri o‘rinbosari Kim Yen Chol ham qatl etilgan. Bu haqda Janubiy Koreya birlashish vazirligi vakili Chon Chjun Xiga asoslangan holda «Yonhap» agentligi xabar bergan.

Uning so‘zlariga ko‘ra Kim Yen Chol «inqilobiy harakatlari» uchun qatl qilingan. U bu borada qo‘shimcha ma'lumot bermagan.

30 avgust kuni Janubiy Koreyaning JoongAng Ilbo gazetasi KXDRda mamlakat rahbari Kim Chen In buyrug‘iga binoan ikki nafar yuqori mansabli amaldor qatl etilgani haqida ma'lum qilgandi.

Ushbu holatlar bo‘yicha Shimoliy Koreya tomonidan hech qanday bayonot berilmagan.

Mavzuga oid
Top