14:24 / 02.09.2016
25309

Respublika umumta'lim maktablarida kitoblar ijarasi uchun narxlar e'lon qilindi

O‘zbekiston respublikasi Xalq ta'limi vazirligi 2016/2017-o‘quv yilida umumta'lim maktablari o‘quvchilarini darsliklar bilan ta'minlash ijara tizimi bo‘yicha belgilangan yagona to‘lov miqdorini e'lon qildi.

Darsliklar to‘plami uchun ijara narxlari, mamlakatning barcha hududlari uchun bir xil bo‘lib, o‘zbek tilidagi ta'lim muassasalaridagi 2−9-sinf o‘quvchilari 6000 so‘mdan 13,9 ming so‘mgacha etib belgilangan. 

Darsliklar to‘plami uchun ijara to‘lovlari umumta'lim maktabining shaxsiy g‘azna hisob varag‘iga naqd pul yoki naqd pulsiz shaklda to‘lanishi mumkin.

Ro‘yxatning to‘liq ro‘yxati bilan Xalq ta'limi vazirligi saytida tanishib olish mumkin. 

Nizomning 30-bandiga asosan, birinchi sinf o‘quvchilari, «Mehribonlik» uylari, maxsus maktab va maktab-internatlarning tarbiyalanuvchilari bo‘lgan o‘quvchilar va ijtimoiy yordamga muhtoj bo‘lgan oilalardagi o‘quvchilar umumta'lim maktabi kutubxona jamg‘armasi tomonidan darsliklar to‘plami bilan bepul ta'minlanadi.

Top