Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Abe hududiy tortishuvlarga chek qo‘yishga chaqirdi
Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe RF prezidenti Vladimir Putinni hududiy tortishuvlarga barham berish hamda rus-yapon munosabatlarining yangi bosqichini boshlashga chaqirdi.
U, Sharqiy Iqtisodiy Forum plenar kengashida chiqish qilar ekan, shunday takliflarni bildirdi.
Yaponiya hukumati rahbari "ikki mamlakat o‘rtasida tinchlik shartnomasini imzolamaslikni nomaqbul" deb hisoblashini bildirgan.
"Biz bu yerda – tarix oldidagi mas'uliyatni his qilgan holda bo‘lib turibmiz. Yaponiya hukumati rahbari sifatida Tokio qarashi to‘g‘riligiga ishonganimdek, Rossiya rahbari sifatida Kreml nuqta-i nazari haqligiga ishonasiz".
"Agar biz shunday kayfiyatda davom etsak, hududiy munozaralar o‘nlab yillar davom etadi, - degan Abe. – Bu masalani hal etmasak, kelgusi avlodga keng imkoniyat qoldira olmaymiz".
"Vladimir, biz bir avlod vakillarimiz, -davom etgan Abe. – Keling, jasurlik qilib, qiyinchiliklarga barham berib, kelajak avlodga tinchlikni meros qoldiraylik, unda, Rossiya va Yaponiya birgalikda salohiyatini namoyish etsin. Keling, 70 yildan ortiq davom etayotgan nomaqbul holatga chek qo‘yamiz va birgalikda yana 70 yil davom etadigan rus-yapon munosabatlarining yangi davrini boshlaymiz".
Rossiya va Yaponiya o‘nlab yillardan beri Tinchlik shartnomasini ishlab chiqish ustida ish olib boradi. Uning imzolanishiga Yaponiyaning Janubiy Kuril orollariga da'vosi qarshilik ko‘rsatib kelmoqda. 1956-yilda SSSR va Yaponiya o‘rtasida urush holatini to‘xtatish qo‘shma deklaratsiya imzolangan edi.
Mavzuga oid
07:50
Putin Kremlda Trampning vakillari bilan uchrashdi
22:39 / 21.01.2026
Agar Putin va Zelenskiy tinchlik shartnomasini tuzmasa, ular ahmoq bo‘ladi – Tramp
11:47 / 21.01.2026
Sindzo Abeni otib o‘ldirgan shaxs umrbod qamoqqa hukm qilindi
15:57 / 20.01.2026