02:41 / 03.09.2016
14177

Pan Gi Mun O‘zbekiston xalqiga hamdardlik izhor etdi

BMT bosh kotibi Pan Gi Mun O‘zbekiston prezidenti Islom Karimovning vafoti haqidagi xabardan chuqur qayg‘udaligini bildirdi va marhumning oilasiga, O‘zbekiston hukumati va xalqiga hamdardlik izhor etdi. Bu haqda tashkilot matbuot xizmatida ma'lum qilingan.

"Bosh kotib O‘zbekiston prezidenti Islom Karimovning vafoti haqidagi xabarni chuqur qayg‘u bilan qarshiladi. U prezident Karimovning oilasiga, O‘zbekiston hukumati va xalqiga chuqur ta'ziya bildiradi", deyilgan xabarda.

BMT rahbari Islom Karimovning O‘zbekiston va BMT o‘rtasidagi yaqin hamkorlikni mustahkamlash, mintaqaviy va global xavfsizlikni kuchaytirish, shuningdek, 2009 yilda kuchga kirgan Markaziy Osiyoda yadro qurolidan holi hudud shartnomasining ilg‘or tashabbuskori ekanini alohida ta'kidlab o‘tdi.

Bosh kotib BMTning O‘zbekiston hukumati va xalqi bilan kelgusida ham yaqin hamkorlik qilishga tayyor ekanini tasdiqladi.

Mavzuga oid
Top