15:14 / 06.09.2016
6533

Yaponiya Rossiya bilan tinchlik shartnomasini Kuril masalasiga bog‘lamoqda

Yaponiya Rossiya bilan tinchlik shartnomasini imzolash bo‘yicha muzokaralarni Janubiy Kurildagi 4ta orolni qaytarish negizida olib boradi. Bu haqda, Yaponiya hukumati bosh kotibi Yosixide Suga bayonot bergan, deya xabar qilmoqda TASS agentligi.

3 sentabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe bilan o‘tkazgan muzokaralarida Kuril orollari xususida ham so‘z yuritilganini aytgandi. Rossiya yetakchisi Yaponiya bilan tinchlik shartnomasi imzolanishi uchun o‘zaro chuqur ishonch va mag‘lub tomon bo‘lmasligi shart, degan fikrni bildirgan edi. 
 

Mavzuga oid
Top