23:45 / 06.09.2016
7217

Idish qopqog‘iga yopishib qolmaydigan yapon yogurti videosi chop etildi

@LolliDiMe nomli tvitter foydalanuvchisi idishining folgali qopqog‘iga yopishib qolmaydigan yapon yogurti videosini chop etdi.

Videoda erkak yogurtni qopqoqning folgasiga (yupqa zarsimon qatlam) to‘kayotgani, biroq yogurtdan unda hech qanday iz qolmayotganini ko‘rish mumkin.

Shunga o‘xshash video 2014 yilda ham chop etilgandi. ESM nashrining aniqlashicha, bu texnologiya Toyo Aluminium yapon kompaniyasi tomonidan Meiji Bulgaria markasi uchun ishlab chiqilgan va "Toyal Lotus" deb nom olgan (suvni itaradigan va shu sabab quruq qoladigan nilufar gulining barglari nomiga).

Videoda qo‘shimcha ma'lumotlar berilmagan, biroq shu ma'lumki, folganing ichki yuzasiga xavfsiz va ta'msiz gidrofob modda bilan ishlov beriladi.  

 

Mavzuga oid
Top