Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
GQ jurnalining mukofotlari kimlarga nasib etdi
Aktyor Maykl Keyn va London meri Sodiq Xon GQ jurnali mukofotiga munosib, deb topildi. Bu haqida Mirror nashri ma'lum qildi.

Mukofotni topshirish marosimi Londondagi Teyt Modern galereyasida bo‘lib o‘tdi. Keyn “Afsona”, Xon esa – “Eng yaxshi siyosatchi”, deb tan olindi.
Eng yaxshi televizion aktyor – Eydan Terner, eng yaxshi yakkaxon artist – didjyey Kelvin Harris bo‘ldi.
Bella Hadid “Yil modeli” sifatida e'tirof etildi. “Dizayner” nominatsiyasida GQ Men of the Year mukofoti Alessandro Mikelga nasib etdi. Aktyor va shoumen Riki Jyerveys esa “Daho” nomini oldi.
Ayollar nominatsiyasida aktrisa Emi Shumer g‘olib bo‘ldi. Xalqaro mukofot aktyor Kris Paynga topshirildi. “Yulduzlar jangi”dagi Jon Boyyega “Eng yaxshi debyut” uchun mukofotga loyiq, deb topildi.
“Eng didli erkak” mukofotiga didjyey va prodyuser Mark Ronson, munosib ko‘rildi.
Mavzuga oid
12:21
Yangi davolash usuli joriy etgan shifokorlarga bir martalik mukofot beriladi
13:41 / 17.11.2025
Apple iPhone chiqarilish jadvalini o‘zgartirdi - endi taqdimotlar yiliga ikki marta bo‘ladi
19:45 / 15.11.2025
“Kelajak merosi” mukofoti sovrindorlari taqdirlandi
15:05 / 10.11.2025