Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kreml Putinning Poroshenko bilan uchrashishi ehtimoliga oydinlik kiritdi
Yaqin orada Rossiya va Ukraina prezidentlarining uchrashuvi kutilmayapti, biroq zarurat paydo bo‘lsa, Rossiya yetakchisi bevosita muloqot qilishga ham tayyor, deb xabar qilmoqda RIA «Novosti» agentligi, Kreml ma'muriyati matbuot kotibi Dmitriy Peskovga tayangan holda.
«Men ikki tomonlama aloqalar bo‘yicha bilishimcha, bunday muloqot rejalashtirilmagan. Aslida, prezident Xitoyda bo‘lib turgan vaqtda, Minsk kelishuvlarini hayotga tatbiq etish uchun uchrashish zarur bo‘lsa, bunga ham tayyorligini bildirgan edi. Yana takrorlayman, buning uchun yetarli shart-sharoit vujudga kelishi kerak», — degan Peskov.
Bundan avval, Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Qrim masalasi 1954 va 1991 yillarda yopilgani haqida bayonot bergandi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin esa, bunga javoban Qrimning kimga tegishli ekani to‘g‘risidagi masala endilikda tarix nuqta-i nazaridan yopilganini ta'kidlagan edi.
Mavzuga oid
10:15
Lavrov Ukrainani «Putinning qarorgohiga hujum qilish»da aybladi. Bu haqda nimalar ma’lum?
09:01
Ozarboyjon: Ukrainada har ikki tomonda urishganlar jazolanadi
21:21 / 29.12.2025
Putin Zaporojiye shahrini egallash uchun hujumni davom ettirishni buyurdi
14:18 / 29.12.2025