01:49 / 10.09.2016
4883

McLaren 650S superkarining vorisi niqobsiz suratga olindi

Internet tarmog‘ida McLaren 650S o‘rniga ishlab chiqarilishi kutilayotgan superkar prototipining niqobsiz suratlari paydo bo‘ldi. Kupening josuslik suratlari Ispaniyada olingan bo‘lib, uni Italiyaning Automoto jurnali chop etdi.

2017 yil martida Jyeneva avtosalonida namoyish etilishi kutilayotgan yangi superkar loyihasi ichki P14 shartli belgisi bilan ma'lum. Suratlarga ko‘ra aytish mumkinki, kupening bamperlari o‘zgaradi, kuzov old qismining shakli, bosh yoritqich chiroqlari yangicha tus oladi. 

Xabarlarga ko‘ra, 650S vorisiga kuchaytirilgan 3,8-litrli tvin-turbo sakkiz silindrli motor joylanadi. 

Hozirgi McLaren 650S 650 ot kuchiga, 3,8-litrli V8 dvigateli bilan jihozlangan. Motor ikkita stsepleniyali 7 bosqichli avtomat uzatmalar qutisi yordamida avtomobilni harakatlantiradi. Superkar birinchi yuzlikka 3 soniyada erisha oladi. Eng yuqori tezligiga cheklov o‘rnatilgan bo‘lib, soatiga 333 kilometrni tashkil etadi. 

Top