04:17 / 10.09.2016
13383

Polkovnik Zaxarchenko: Bu mening pullarim emas

Foto: Dmitriy Tixonov/Facebook

RF IIV Korrupsiyaga qarshi «T» boshqarmasi rahbari o‘rinbosari Dmitriy Zaxarchenko pora olish bo‘yicha unga nisbatan ilgari surilgan ayblovni inkor etmoqda, deb xabar qilgan RIA «Novosti».

«Bu mening pullarim emas. Nazariy va amaliy jihatdan bu pullarning menga umuman aloqasi yo‘q. Men bu xonadonda bo‘lmaganman. Pora olmaganman. Pullarni qo‘limga ham ushlaganim yo‘q», — degan polkovnik. 

Zaxarchenkoning so‘zlariga ko‘ra, pora haqida so‘z ketganini ««kesatiq», hazil sifatida qabul qilish kerak».

«Ayblovlarning barchasini tushunmayapman. Aybimni isbotlovchi dalillar yo‘q», — deya ta'kidlagan Zaxarchenko. 

U, shuningdek, uy qamog‘i to‘g‘risida qaror chiqarishni iltimos qilgan. Zaxarchenkoning aytishicha, u bu muddatni ayol qarindoshining uyida o‘tkazadi. «O‘sha xonadonda hammayoqqa, hatto hojatxonaga ham kamera o‘rnatilgan», - deb ta'kidlagan ayblanuvchi.

Top