02:41 / 10.09.2016
4075

RF va Turkiya TIV rahbarlari telefon orqali suhbat qilishdi

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov 9 sentabr kuni turkiyalik hamkasbi Mavlut Chavusho‘g‘li bilan Suriya muammosini telefon orqali muhokama etgan. Unda, Jyenevada bo‘lib o‘tgan Rossiya-Amerika muzokaralari yakuni borasida so‘z bordi, deya ma'lum qilmoqda RF TIV xabarida. 

"Turkiya tomoni tashabbusi bilan Rossiya tashqi ishlar vaziri Lavrovning Turkiya Respublikasi tashqi siyosat mahkamasi rahbari Chavusho‘g‘li bilan telefon orqali suhbati bo‘lib o‘tdi. Vazirlar Jyenevada bo‘lib o‘tgan muzokaralar kontekstida Suriya muammosini muhokama etishdi", — deyiladi xabarnomada. 

AQSh davlat kotibi Jon Kerri va RF TIV rahbari Sergey Lavrovning Jyenevada uzoq davom etgan muzokaralari natijasida ko‘pbosqichli kelishuvga erishildi. U, Islom olamida keng nishonlanadigan Qurbon hayiti kunidan boshlanuvchi jangovar harakatlardagi 7 kunlik sukunatni nazarda tutadi. 

Top