00:26 / 10.09.2016
5693

Samolyot qahva qaynatgich sababli favqulodda qo‘nishga majbur bo‘ldi


AQShning Boston shahrida yo‘lovchi samolyoti qahva qaynatgich sababli favqulodda qo‘nishga majbur bo‘ldi.

Vashingtondan Myunxenga uchayotgan samolyot havoga ko‘tarilgandan biroz o‘tib Boston aeroportiga favqulodda qo‘nishiga to‘g‘ri kelgan. Samolyot sardori salonda izolyatsiyaning yonayotgani hidi paydo bo‘lgani haqidagi axborotdan keyin 223 yo‘lovchining hayotini xatar ostiga qo‘ymaslikka va parvozni to‘xtatishga qaror qilgan.  

Samolyot qo‘ngandan keyin badbo‘y hidga qahva qaynatgichning tagiga olgani sabab bo‘lgani aniqlangan. Samolyot 3 soatdan keyin yana parvozini davom ettirgan.

Ma'lum qilinishicha, ushbu voqea Lufthansa nemis aviakompaniyasi samolyoti bilan sodir bo‘lgan.

 

Top