09:53 / 10.09.2016
6168

WikiLeaks axborotchisi ochlik e'lon qildi

WikiLeaks saytiga maxfiy ma'lumotlarni taqdim etgani uchun 35 yillik qamoq jazosini o‘tayotgan Chelsi Menning ochlik e'lon qilgani haqida Reuters agentligi xabar qilmoqda.

Amerika armiyasining sobiq askari, jinsini o‘zgartirish niyati borligi sabab uni Chelsi deb atashlarini so‘ragan Bredli Menning, jinsini o‘zgartirish bilan bog‘liq yetarli tibbiy muolaja ko‘rsatilmayotgani sababli ochlik e'lon qilgan. Maxfiy ma'lumotlarni oshkor qiluvchi sayt hamkori, uning hurmati joyiga qo‘yilishini va insoniy muomalada bo‘lishlarini talab qilayapti. 

2015 yildan e'tiboran ayollik gormonlarini iste'mol qilayotgan Chelsining shifokorlari, qamoqxonada uning ayollarga xos soch turmagi qilishga ruxsat berishlarini so‘ragan. Biroq, bunga izn berilmagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, dastlab Chelsi bu haqda hurmat bilan iltimos qilgan, endi ochlik vositasida maqsadiga erishmoqchi. 
 

Top