17:09 / 11.09.2016
10654

«Jil-byl pyos» multfilmi muallifi bo‘lgan Eduard Nazarov vafot etdi

Sobiq Ittifoqi davrida ijod qilgan multiplikator, rejissyor va rassom, Rossiya xalq artisti Eduard Nazarov 74 yoshida olamdan o‘tdi. Bu haqda u prezidenti bo‘lgan «Krok» xalqaro festivali matbuot xizmati xabar tarqatdi.

U uzoq vaqt davom etgan xastalikdan so‘ng jon bergan. Bundan tashqari, unda tomirlar bilan bog‘liq muammolar bo‘lgan.

Marhumning dafn marosimi qachon o‘tkazilishi aniq ma'lum qilinmagan.

Eduard Nazarov «Jil-byl pyos» va «Priklyucheniya muravya» kabi multfilmlarni ishlagan, «Vinni-Pux», «Ostrov» va boshqa multfilmlar ishlanishida postanovkachi rassom bo‘lib ishlagan. 2007 yilning avgustida u «Pilot» rassomlik studiyasi direktori lavozimini egallagandi.

 

Top