18:43 / 12.09.2016
10172

Zimbabve prezidenti o‘ziga qo‘yilgan haykalni ochib berdi

Zimbabve poytaxti Xarare shahrida mamlakat prezidenti Robert Mugabega o‘rnatilgan haykal ochilishi marosimi bo‘lib o‘tdi. Marosimda 92 yoshli davlat rahbari ishtirok etdi.

Toshdan yasalgan 4 metrli haykal mahalliy haykaltarosh Dominik Bexuro tomonidan ishlangan. U davlat rahbarini mo‘ylov va ko‘zaynakda tasvirlagan.

Bu haykal ijtimoiy tarmoqlarda kinoyalarga va tanqidlarga sabab bo‘ldi. Ba'zi foydalanuvchilar prezidentni Supermenga qiyoslashgan, yana bir fikr bildiruvchi esa bu haykalni "haykaltaroshlik san'ati uchun haqorat" deb atagan.

Robert Mugabe 1980 yildan buyon mamlakatni boshqarib kelmoqda. U 1997 yilgacha bosh vazir bo‘lgan, keyin prezidentlik lavozimini almashishlarsiz egallab kelgan. U buni mamlakatda "arab bahori" yuz bermasligi zarurati bilan izohlagan.

Top